Oripov Ergash

Oripov Ergash (1931.2.3, Toshkent viloyati — 1997.17.11, Toshkent) — kimyogar olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1993), kimyo fanlari doktori (1972), professor (1974). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1953). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi kimyo institutida direktor muovini (1976-82), laboratoriya mudiri (1965-95). Oripovning ilmiy ishlari tabiiy mineral sorbentlar g’ovakligi va sirt kimyosini boshqarishning fizik-kimyoviy asoslari hamda usullarini, sirt-faol moddalar va suvda eruvchan polimerlar (polielektrolitlar) eritmalarida tuzilmalar hosil bo’lishi va gidrofob bog’lanishiga ta’sir ko’rsatishga oid. Tabiiy mineral xom ashyolar asosida samarali adsorbentlar, to’ldirgichlar olish, tuproq strukturasini yaxshilash va ko’chma qumlarni kimyoviy mustahkamlashning asoslarini ishlab chiqqan. As: Prirodnie mineralnie sorbenti, IX aktivirovanie i modifisirovanie, T., 1970; aktivnie tsentri prirodnix mineralnix dispersiy, T., 1993.