Orlov Mixail Aleksandrovich

Orlov Mixail Aleksandrovich (1888, Moskva – 1972.4.5, Toshkent) — tuproqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1944), professor (1949). Moskva universitetini tugatgan (1912). O’rta Osiyo universiteti tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti (1920— 35), mudiri (1935-62). Orlov rahbarligida va ishtirokida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpog’iston va Pomirning tabiiy sharoiti, tuproqlari o’rganilgan, 200 dan ortiq xo’jalikning tuproq xaritasi tuzilib, ishlab chiqarishga tatbiq etilgan. Orlov O’rta Osiyodagi qadimdan sug’orib kelinayotgan voha madaniy tuproq xususiyatlarini o’rganib, ularning birinchi tasnifini ishlab chiqqan. As: o pochvax Pamira, T., 1937; o serozemax i oazisno-kulturnix pochvax, T., 1937; Novie Osnovi pochvennoy klassifikatsii, T., 1947.