Orqa miya nervlari

Orqa miya nervlari – odamda orqa miyadan boshlanadigan nervlar. Orqa miya nervlari 31 juft: 8 juft bo’yin, 12 juft ko’krak, 5 juft bel, 5 juft dumg’aza va 1 juft dum nervi. Orqa miya nervlari gavda muskullariga, teriga tarqaladi. Orqa miya nervlari va ularda hosil bo’lgan bo’yin, yelka, bel, dumg’aza va dum nerv tolalari, teri, ichki a’zolar va butun gavda skelet muskullarini Markaziy nerv sistemasi bilan bog’laydi (innervasiya). Orqa miya nervlari tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar bo’ladi. Qo’zg’aluvchanlik a’zolarda, muskullarda va terida joylashgan nerv oxirlari (retseptorlar) orqali sezgini qabul qilib Markaziy nerv sistemasiga, u yerdan harakatlantiruvchi nervlar orqali ishchi a’zolarga kerakli javob impulslarini yetkazadi. Ta’sirlarni o’tkazish tezligi o’rtacha 0,5— 120 metrga teng, yo’g’on diametrli nervlarda tezroq bo’ladi.