Orkestrlash, cholg’ulashtirish

Orkestrlash, cholg’ulashtirish — musiqa asarining muayyan orkestrga mo’ljallab partiturasitl yaratish. Kompozitor biror cholg’u yoki ansambl uchun yaratilgan asarni Orkestrlash jarayonida undagi kuylar va jo’r bo’luvchi ovozlarni orkestrning qaysi cholg’ulari ijro qilishini sozlarning tovush tusi (tembri), registri, diapazoni, ifodaviy va ijroviy imkoniyatlariga qarab aniqlaydi. Orkestrlashda asarning asosiy g’oyasi va badiiy mazmuni, uning uslubiy xususiyatlari, janri, ohang, garmonik va ritmik tuzilmalarning xususiyatlari e’tiborga olinadi.