O`rmon

O`rmon– asosiy o`simlik turlari bir-biriga yaqin (zich) o`sgan daraxtlardan iborat qalin o`simlik tipi, qalin daraxtzor. O`rmonlarda o`simliklar bir qancha yaruslar hosil qilib o`sadi. Pastdan yuqoriga tomon birinchi yarusda mox va lishayniklar o`sadi, so`ngra o`tlar yarusi, keyin bo`talar yarusi, eng yuqorida daraxtlar yarusi bo`ladi. O`rmonlar cho`llar, tundra va Arktika (Antarktika) mintaqalaridan boshqa hamma mintaqalarda zonalar hosil qiladi. O`rmonlar daraxt turlariga qarab, igna bargli, aralash, keng bargli, qattiq yaltiroq bargli, yil bo`yi yashil, doimiy yashil sernam o`rmonlarga bo`linadi. Ural, Sibirdagi turkiy xalqlar tillarida o`rmon deganda oq qarag`ay, qora qarag`ay, kedr, ba’zi joylarda tilog`och o`sadigan qalin qoramtir igna bargli o`rmonlar tushuniladi.