Orogenez, orogenezis

Orogenez, orogenezis (Yunoncha Oros — tog’ va … genez) — geosinklinalsa siquvchi massalar ta’sirida sodir bo’ladigan faol tektonik harakatlar natijasida yuqoriga ko’tarilish. Orogenez terminini fanga amerikalik geolog G. Jilbert (1890) kiritgan. Ilgari Orogenezdan burmalar va tog’liklar paydo bo’ladi degan fikr mavjud edi. Olimlar fikricha, Orogenez faqat tog’ paydo bo’lish hodisasini bildiradi, burmalar esa tog’ paydo bo’lishiga qadar boshqa harakatlar natijasida yuzaga keladi. Orogenez O’rta Osiyoda neogen va antropogen davrlarida keng miqyosda sodir bo’lgan. Himolay, Tyanshan, Pomir va boshqa tog’lar Orogenez natijasida paydo bo’lgan.