Orolboy

Orolboy — qoraqalpoqlarning oris o’n to’rt urug’deb atalgan qabila-urug’ guruhiga kiradigan urug’. Orolboylar Xiva xonlari arxivi harakatlarida ko’rsatilishicha, 260 xo’jalik va 3 biylikdan iborat bo’lib, xonlikka 52 otliq navkar, hashar ishlariga 156 qazuvchi berish majburiyatini bajargan. Orolboylar Kegeyli bo’ylariga ko’chib kelib, Orolboyyon kanalini qaziganlar. Ularning 142865 tanob ekinbop va yaylov yerlari bo’lib, har yili xonlikka 520 tilladan soliq to’laganlar.