Orqa miya suyuqligi
Orqa miya suyuqligi, likvor — umurtqali hayvonlar va odamda orqa miya bilan bosh miya bo’shliqlarini to’ldirib turadigan suyuqlik. Tarkibiga ko’ra, limfata yaqin, lekin oqsili kam. Miyaning ba’zi kasalliklarida bu suyuqlikning bosimi va tarkibi o’zgaradi. Shuning uchun ularni aniqlashda Orqa miya suyuqligini o’rganish muhim ahamiyatga ega.