O`rta dengiz iqlimi

O`rta dengiz iqlimi – yozi quruq va issiq, sishi iliq va seryomg`ir bo`lgan subtropik iqlim. O`rta dengiz o`lkasining ko`pchilik qismida yozda havoning o`rtacha harorati 20-25°, qishda 5-12°, yiliga 400-600 (tog`larda 1000) mm yog`in yog`adi. O`rta dengiz iqlimi O`rta dengiz sohilidan tashqari, 35-40° sh.k. bilan 30-35° j.k. orasidagi ba’zi joylarda ham uchraydi.