Ortoklaz
Ortoklaz (Yunoncha orthos — to’g’ri va klasis — sinish, ajralish) — ishqorli dala shpatlari guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. K[AlSi3O8]. Tar- kibida K2O-16,9%, A12O3-18,4%, SiO2 -64,7%, qattiqligi 6,5, zichligi 2500 -2600 kg/m3. Tabiatda kam uchraydi. Ortoklaz ko’pincha albit-anortit minerallari bilan qattiq qorishmalar hosil qiladi. Monoklin sistemada kristallanadi. Kristallari prizmatik shaklda. Maydalanganda 90° burchakli bo’lakchalarga bo’linadi (nomi shundan). Mikroklindan to’g’ri sinishi bilan farq qiladi. Har xil rangda (och pushti, och kulrang, qizg’ish, qo’ng’ir-sariq yoki oqish, ba’zan qizil) bo’ladi. Ba’zi gidrotermal o’zgargan zonalarda Ortoklazning shishasimon shaffof turlari (adulyar) uchraydi. Effuziv jinslarda uchraydigan Ortoklazning shaffof turi sinidin deyiladi. Ortoklazning shaffof va yarim shaffof turlari irizasiya (qirra yoki yuzalarining tovlanishi) xossasiga ega bo’lib, kristallari moviy nur sochadi va oytosh deb ataladi. Ortoklazning bu turlari zargarlikda foydalaniladi, boshqalari keramika va shisha sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.