«Oshiq g’arib»

«Oshiq g’arib» — ishqiy-romantik doston. O’rta Osiyo va yaqin Sharqda turli variant va versiyalarda keng tarqalgan: «oshiq g’arib va Shohsanam», «g’arib va sanam», «g’arib Oshiq», «G’aribjon» kabi nomlar bilan ham mashhur. Dastlabki varianti Ozarbayjon yoki Turkiyada taxminan 14-asrda yaratilgan. 17-asr o’rtalarida O’rta Osiyoga yoyilgan. Shoh-Abbos o’z vaziri bilan bo’lg’usi farzandlarini unashtirib, quad bo’lishga va’dalashadi. Ammo vazir vafot etgach, shoh o’z va’dasidan tonib, qizi Shohsanamni vazir o’g’li g’aribga berishdan bosh tortadi. G’arib arazlab, eldan bosh olib ketadi. Shohsanam Shohvaladga unashtiriladi. G’arib xonanda-baxshi sifatida to’y ustiga yetib keladi va xalq yordamida o’z sevgilisiga yetadi. «Oshiq g’arib» variantlarida O’rta Osiyo va Kavkaz xalqlari o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar, o’zaro do’stlik, shuningdek, ishq-muhabbat, vafodorlik kabi sof insoniy fazilatlar aks etgan. Doston ilk bor turk tilida Istanbulda (1880), keyin o’zbek tilida Buxoroda (1906), Toshkentda (1907), Ozarbayjon tilida Ganjada (1902) nashr etilgan. Yig’ma nashri Toshkentda chiqqan (1956).