Yer yuzidagi tirik mavjudotlarning ko’pchiligi yo o’simliklar yo hayvonlardir. Oddiy organizmlarning juda oz qismini bu guruhlarning hech biriga qo’shib bo’lmaydi. Ammo ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Tashqi ko’rinishi bilan aniq ajralib tursada, o’simliklar va hayvonlarning asosiy hayotiy funksiyalarini amalga oshirishi turlichadir. Hayvonlarning harakat qilish qobiliyati bor, o’simliklarning batartib harakati esa faqat uning hujayralarida kechadi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, hayvonlar hujayrasi anih funksiyalarni bajarish uchun moslashgan. Shuning uchun ham hayvonlarning ichki tuzilishi birmuncha murakkab. Ularda ichki organlar shakllanadi, hatto mukammal o’simliklarda ham bu funksiyani hujayralar guruhi — organoidlar (hujayrada doimiy yashovchy qo’shilmalar) bajaradi. Hayvonlarda ularning tashqi olam bilan munosabatini belgilab turadigan murakkab asab sistemasi bor, o’simliklar esa avvalambor tashqi omillarga — yorug’lik va og’irlik kuchiga qarab yashaydi. O’simliklar asosiy energiya manbai sifatida quyosh nuridan foydalanadi va uning yordamida hayoti uchun kerakli bo’lgan moddalarni sintez qiladi. Hayvonlarning energiya manbai esa o’simliklardir. Ular uchun o’simlik yoki alafxo’r hayvonlarni yeydimi, farqi yo’q. Hayvonlar organizmida kechadigan jarayonlarning o’zi ham o’simliklarnikiga nisbatan murakkabdir. Hayvonlar va o’simliklar orasidagi jiddiy farq ularning ovqatni qanday topib yeyishi bilan bog’liq. Har qanday tirik organizmning bir tarzda yashashi uchun sarf qiladigan va iste’mol qiladigan energiyasi o’rtasida muvozanat saqlanishi kerak. Buning uchun muayyan moddalar — tirik hujayrada modda almashinuvini tartibga solib va yangi molekulalar sintezini yo’naltirib va yemirib turadigan fermentlardan foydalaniladi. Ularning o’zaro ta’siri organizmda moddalar almashinuvini aniqlaydi. Tirik organizmlar turi qanchalik ko’p bo’lmasin, uy qurilish bloklaridan qurilgani singari ular ham bir xil moddalardan: oqsillar, nuklein kislotalar va yog’lardan iborat. Nuklein kislotalar nasl qoldiruvchi genetik axborotlarning tashuvchilaridir. Oqsillar organizm uchun xomashyo vazifasini bajarsa, uglevodlar va yog’lar energiyaning asosiy manbalari hisoblanadi. O’simlik va hayvonlar orasidagi farqlar va o’xshashliklar mana shulardan iborat.

Amir Temur vasiyatlari

AMIR TEMUR O’G’LINING O’LIMI HAQIDA RIVOYAT-QISSA

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi
