Deyarli har bir o’simlikning odamga qaysidir jihatdan foydasi tegadi. Shu boisdan odamlar qadim zamonlardan buyon o’simliklardan kasalliklarni davolashda foydalanib keladilar. Ammo foydali moddalar o’simlikning biror a’zosida bo’lishi, qolgan a’zolari esa hatto zaharli bo’lishi mumkin. Masalan, kartoshka ovqat uchun yaroqli tugunchalar hamda zaharli meva va barglarga ega. Ayrim o’simliklarning ildizi, boshqasining bargi, uchinchi birlarining bargi, po’sti yoki gulidan foydalaniladi. Barglardan qaynatma, ildiz va poyasidan so’rib oluvchi malhamlar va damlama tayyorlanadi. Ba’zi o’simliklarning sutsimon shirasi bo’ladi. Undan malham va yog’upa olishda foydalaniladi. Aksar o’simliklarning mevasida dorivor moddalar yig’iladi. Ulardan balzam va siroplar tayyorlanadi. Tibbiyotda ishlatiladigan ko’pgina o’simliklarning tarkibiy a’zolari gullarida joylashgan bo’ladi. Ularning hujayralari yog’va moy ishlab chiqaradi, ular o’simliklar va gullarga betakror hid baxsh etadi. Ko’p o’simliklar kimyo sanoatiga xomashyo hozirlaydi. Hozirga qadar ularning sun’iy o’rindoshlari topilgan emas. Qarag’ay yoki qoraqarag’ay kertigidan tez qotib qoladigan yelim oqib chiqadi. U lok, bo’yoq va dori tayyorlashda xomashyo sifatida ishlatiladi. Kauchik o’simliklardan ham shu tarzda shira yig’ib olinadi. Biroq kimyogarlar uning o’xshashini topishdi.

Nimaga 1 soat 60 daqiqaga teng?

Nimaga yong‘in yuqoriga qarab tarqaladi?

Nimaga suv qaynaganda bug‘ hosil bo‘ladi?

Nimaga 1-yanvar Yangi yil bayrami?

Nimaga boks ringi kvadrat shaklda bo‘ladi?

Nimaga triatlon musobaqalarida turli sport turlari birlashtiriladi?

Nimaga Badminton to’pi yengilroq?

Abxala

“Abulmuslimnoma”
