Ostona

Ostona — Qozog’istondagi shahar, Qozog’iston Respublikasi poytaxti, Oqmo’la viloyati ma’muriy markazi. Ishim daryosining o’ng sohilida joylashgan. Temir yo’l tuguni. Aeroport bor. Aholisi 493,6 ming kishi (2002). Mashinasozlik va metallni qayta ishlash (qishloq xojalik mashinalari, nasos, vagon remonta, gaz apparaturasi, cho’yan kuyish va boshqa zavodlar), oziq-ovqat (go’sht, sut, non mahsulotlari, pivo zavodi), yengil (chinni zavodi, tikuvchilik fabrikasi va boshqalar) sanoatlari rivojlangan. G’isht, temir-beton materiallari, uy-joy qurilish qismlari, asfalt, keramika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Tes ishlab turibdi. Elektr uzatkich liniyalari Ostonani Qarag’anda, Pavlodar, Petropavlovsk, Rudniy bilan bog’lagan. Shahar eski qismining ko’chalari to’g’ri burchak shaklida tuzilgan. Ostonada 1960 yildan katta qurilish ishlari boshlandi. 1961-92 yillar bosh plani bo’yicha shaharning Janubiy-Sharqiy qismidagi bo’sh yerlarda tipovoy loyiha asosida ko’p qavatli binolar qurilgan, yangi turar joy mikrorayonlari va jamoat binolari (Madaniyat saroyi, 1960-64, me’morlar O. Krasklis, D. Danneberg, P. Fogel), Yoshlaruyi (1974, me’mora. T. Polyanskiy va boshqalar), «Ishim» mehmonxonasi, telemarkaz va boshqalar barpo etilgan. Ostonada 4 oliy o’quv yurti, teatr, o’lkashunoslik va tasviriy san’at muzeylari bor. Ostona 1830 yilda Oqmo’la qal’asi sifatida barpo qilingan. Ostona Toshkent va Buxorodan Rossiyaning Yevropa qismiga boruvchi karvonlarning to’xtash manzili va o’sha atrofning savdo markazi bo’lgan. 1961-92 yillarda Tselinograd, 1961 yilgacha va 1992 yildan 1998 yilgacha Oqmo’la, 1998 yildan Ostona deb atalgan.