Ot poygasi qachon boshlangan?
Ot poygasi — odamzotga quvonch baxsh etib kelgan eng qadimiy sport turlaridan biri. Ot poygasi qadimdan-qadimgi asrlarda ham o’tkazilgan. Ular Misrda, Bobilda, Suriyada uyushtirilar edi. Gomer taxminan miloddan avvalgi IX asrda bo’lib o’tgan yunon foytunlar poygasini tasvirlaydi. Zamonaviy ot poygalari biz ularni biladigan ko’rinishida Angliyada vujudga kelgan. Bu narsa mamlakatda naslli yilqichilik rivojlanishi bilan bog’langan. Otlar musobaqasi Angliyada hali XII asrdayoq o’tkazilar edi, shunday bo’lsa hamki, faqatgina XVII asr oxirlari — XVIII asr boshlarida sport maqsadlarida yilqi parvarishlash boshlanadi. Mashriqzamin tulporlari Angliyaga Arabiston yarim orolidan, Turkiya va Erondan keltirilgan edi. Bu mamlakatlardan keltirilgan ayg’irlar ingliz baytallari bilan chatishtirilgan edi. Buningdek ayg’irlardan uchtasi bag’oyat salmoqli ishlarni qildi. Ikki Arab ayg’irini — Darli va Godolfin, turklarnikini — Bayerli deb ataydilar. Zikr etilgan ayg’irlar barcha zamonaviy oliynasabli otlarning oroldagi bobokalonlari hisoblanadi. XVIII asrda ot poygasi Angliyada o’ta muhim sport turiga aylanadi. 1751 yilda jokeylar — chavandozlar klubi vujudga keldi. 1793 yilda «zotli otlarning umumiy shajaranomasi» ning dastlabki to’plami bosilib chiqadi. Unda jami oliynasabli otlarning shajarasi keltirilgan edi. Ot poygasi ancha zamonlar «qirollar sporti» sifatida dong taratgan edi bunday nomlanish ot poygalarini qirollar xonadoni uyushtirgani tufayli, shuningdek bu sport bilan mamlakatda faqat aslzoda va badavlat odamlar shug’ullangani bois kelib chiqqan.