Planer sporti nega mashhur?

Dvigatellari bo’lmagan uchish apparatlari planerlar deb ataladi. Ular ulkan yengil kambar qanotlarda havoda suzish tufayli parvoz qiladilar. Shamollar va yuqoriga ko’tarilib boruvchi havo oqimlari ko’magida ular juda uzoq masofalarga qadar uchib borishi mumkin. Planer bir havo oqimidan boshqasiga o’tganicha balandlikda shovqinsiz uchib yuradi. Yuqoriga ko’tarilayotgan havo planerni o’ziga ergashtirib ketadi va uni yuksak-yuksaklarga eltishi mumkin. Dastlabki planerlardan qoyalardan vodiyga tezroq enish maqsadida foydalana boshladilar. Buningdek planerning birinchi parvozi 1853 yili Shveytsariyada ro’y bergan edi. 1986 yilda esa planerda 11,5 kilometr balandlikni zabt etishga erishildi. Endilikda planerlardan xo’jalikning turli sohalarida keng foydalanilmoqda, planerizm esa ommaviy sport turlaridan biri sanaladi. Oxirgi yillarda planerning eng yengil xili — deltaplan degan narsa yaratildi. U yupqa alyuminiy ramaga mustahkamlangan plastik qanot ko’rinishiga ega. Uncha katta bo’lmagan — 22 dan 44 kilogrammgacha og’irlikka ega deltaplan bir joydan boshqasiga oson tashiladi va har qanday, pastroqqina tepalikdan ham start olishi mumkin. Binobarin deltaplan qanotlarining kattakon yuzasi tufayli kattabalandliklarga ko’tarilishi mumkin. Deltaplanning zig’irtak motorcha bilan jihozlanganligi uni qulay transport va qutqaruv vositasiga aylantirdi. U tog’lardagi qutqaruv ishlari chog’ida keng qo’llanilmoqda. Uning yordami bilan talofatga uchraganlarni samolyot bilan ham, vertolyot bilan yetib borib bo’lmaydigan chiqish qiyin joylardan qutharib olish mumkin.