Otar

Otar — yaylovda qo’shib boqish va saqlash uchun shakllantirilgan qo’y podasi. Otar uchun jinsi, yoshi, nasldorlik xususiyatlari bo’yicha bir xil zotli qo’ylar, sovliqpar esa qochirish muddatlarini qisobga olgan holda olinadi. Otardagi mollar soni: mayin va yarim mayin junlilar uchun 800-900 ona qo’y; 4-18 oylik to’klilar uchun 800-1000 bosh; ona qo’ydan ajratilgan qo’zilar uchun 600-800 bosh; yarim dag’al va dag’al junli ona qo’ylar uchun 900-1000 bosh; axta Qo’chqor va qochiriladigan qo’ylar uchun 1000 va undan ziyod. Cho’l mintaqalarda Otar soni yanada yirikroq bo’lishi ham mumkin. Naslchilik fermalarida Otarlardagi qo’ylar soni mahsulot beradigan Otarlarga nisbatan 15-20% kichikroq bo’ladi. Otarlarni 3-4 kishidan iborat cho’ponlar guruhi boqadi.