Otashgoh, olovxona

Otashgoh, olovxona — otashparastlar sig’ingan, doimiy olov yonib turadigan maxsus bino. Har bir shahar va kattaroq qishloqda Otashgohlar bo’lgan. Ular qavm raisi tomonidan tayinlangan ozarbon (otashbon) tomonidan qo’riqlanib, nazorat qilib turilgan. Xalq doimiy olovdan tutantiriq olib, uylarida olov yoqqan. Qadimda hokimiyatni qo’lga olgan har bir podshoh o’z nomidan maxsus Otashgohlar qurdirgan. Doro Otashgohi, Anushervon Otashgohi, Afrosiyob Otashgohi yoki Mitra, Anaxita Otashgohi deb nomlangan Otashgohlar shu tarzda paydo bo’lgan. Persepol, Isfahon, Yazd, Xuroson (Eron), Xorazm va Surxondaryoda qadimgi Otashgohlar topilgan. Doro I zamonidan boshlab Otashgohlarni binolarning Janubiy tomon etagiga, aholi gavjum yashaydigan shaharlarning chetrog’iga qurish raem bo’lgan. Ad.: Asqarov A., Eng qadimiy shahar, T., 2001.