Otchopar qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Otchopar qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Qoraqalpog’iston ASSRning Amudaryo rayonida. Otchopar toponim sifatida O’zbekistonning bir qancha joylarida uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning yozishicha, Otchopar “uloq chopish uchun qulay tekis yer. Aslida bu masofa bildiruvchi so’z, yo’l o’lchovidir. Bu termin asosida ot chopadigan (4-5 kilometrga teng) masofa tushuniladi. Darhaqiqat, toponimiyada yo’l o’lchovi nom sifatida uchraydi. Masalan, Yakkafarsang (forsang yoki farsax 7-8 kilometrga teng masofa), Beshyog’och (yog’och yoki yig’och V.V.Radlovning ko’rsatishicha 6-7 chaqirimga teng).



