Otenit, otunit

Otenit, otunit (Frantsiyadagi Otyon shahri nomidan) — uranli slyudalar guruxiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Ca(UO2)2[POJ28H2O; tarkibida 62,7% UO36op. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, yupqa kvadrat, tabletka shaklida, slyudasimon. Tangacha shaklli afegatlari ham uchraydi. Rangi sariq, ba’zan yashilroq sariq. Sadafsimon yaltiroq. Qattiqligi 2-2,5. Zichligi 3,1—3,2 g/sm3. Kuchli radioaktiv. Otenit gidrotermal tomirlarda, pegmatitlarda uranning turli minerallari (ayniqsa, uranit)ning yuza qismida ro’y bergan o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan. Otenit katta uyumlaridan uran rudasi sifatida foydalaniladi.