O’TGA CHIDAMLI MATERIALLAR

O’TGA CHIDAMLI MATERIALLAR — juda yuqori (1500° dan yuqori) temperaturaga chidaydigan materiallar. O’ta chidamli materiallarning vujudga kelishi metallurgiyaning rivojlanishi va issiqlik agregatlarining tarqalishi bilan bog’liq. Ular buyum holida (g’isht, shakldor va yirik bloklar) va shaklsiz materiallar (kukunlar, massalar, beton qorishmalari) sifatida tayyorlanadi. Zichligi yuqori (Kovakligi 3% dan kam), oddiy (20— 30%) va yengil (45% dan katta) O’ta chidamli materiallarga bo’linadi. O’ta chidamli materiallar kimyoviy mineral tarkibi bo’yicha kremnezyomli (dinas, kvars buyumlari), alyumosilikatli, magnezialli, magnezialohakli, magnezialsilikatli, uglerodli, karbid kremniy, tsirkoniyli, oksidli (Veo, M§0, Sao va boshqalar), kislorodsiz (nitrid, borid va boshqalar) materiallarga bo’linadi. O’ta chidamli materiallar kimyoviy tarkibi va o’tga chidamliligidan tashqari, zichligi, g’ovakligi, mustahkamligi, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalar xossalari bilan baholanadi. O’ta chidamli materiallar ishlab chiqarishda avval dastlabki materiallar (o’tga chidamli loy, kaolin, magnezit, kvars va boshqalar) tayyorlanadi, pishiriladi, maydalanadi, ularga bog’lovchi komponetlar (masalan, shamotli loylar) qo’shiladi, aralashtiriladi va press yoki boshqa usulda shakl beriladi, so’ngra 1300— 1750° da tunnel pech va boshqalar pechlarda qayta pishiriladi. Shaklsiz O’ta chidamli materiallarni tayyorlash komponentlari maydalash va aralashtirishdan iborat. O’ta chidamli materiallar issiqlik agregatlari, metall eritish pechlari qurishda, Metallurgiya va mashinasozlikda xom ashyolarni qizdirish, koks olish va boshqalarda ishlatiladi.