O’TLOQCHILIK

O’TLOQCHILIK — pichanzor va yaylov xo’jalagini yuritish tizimi; qishloq xo’jaligining bir tarmog’i. O’tloqchilik tabiiy, ekma yaylov va pichanzorlarda pichan, ko’k ozuqa va boshqalar yem xashaklar yetishtirish, yem-xashakni faqat o’tzorlardagina emas, balki botqoq, cho’l, dasht va boshqalar joylarda ham etishtirish hamda jamoat chorvachiligi uchun mustahkam ozuqa bazasini yaratish bilan shug’ullanadi. O’tloqchilikning asosiy vazifalaridan biri — tabiiy pichanzor va yaylovlarni yaxshilash hamda hosildor pichanzor va yaylovlar barpo qilish, shuningdek, ulardan samarali foydalanish. Tashkiliy xo’jalik tomonidan O’tloqchilik dalachilik va chorvachilik bilan uzviy bog’liq.