Otoulla Said Vaqqos maqbarasi
Otoulla Said Vaqqos maqbarasi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Maqbara lashkarboshi Otoulla eshon Mir Haydar nomi bilan bog’langan. Bir xonali, kulohiy gumbazli, bezaksiz. Xom g’ishtdan qurilgan. Bosh tarzi Janubi- sharqqa qaragan, chuqur ravoqli. Xona burchaklariga g’ishtlar ko’ndalang terilib, ravoqsimon hoshiya hosil qilingan. Umumiy tarhi 6,80×6,40 metr, ichki xona 5,25×4,75 metr. Ad.: Arshavskaya Z. A., Rtveladze E. V., Xakimov Z. A., Srednevekovie pamyatniki Surxandari, T., 1982.