Ovnatanyan

Ovnatanyan – 17-19-asrlarda yashab o’tgan arman rassomlari sulolasi. Sulola boshlig’i Ovnatan Nagash (1661 — 1722) — rangtasvir ustasi; Echmiad- Zindagi ibodatxona devoriy rasmlarining muallifi. O’g’illari Akop (1692-?) va Aru-Aruton (1706/07-?) Ovnatanyan qo’lyozma kitoblariga miniatyuralar ishlashgan, otalari bilan ibodatxona devoriy rasmlarini yaratishda ishtiroketishgan. Akopning o’g’li Ovnatan Ovnatanyan (1730-1801, Tbilisi) gruzin podshosi Irakliy II ning saroy rassomi bo’lgan, shogirdlari bilan echmiadzindagi ibodatxona uchun yangi devoriy rasmlar ishlagan hamda Injildan olingan mavzularda asarlar yaratgan (1782-86); uning o’g’li Mkrtum Ovnatanyan (Avnatamov, 1779— Tbilisi — 1845) rangtasvirchi bo’lib, cherkov uchun rasmlar ishlagan, arman podsho va xarbiy sarkardalari portretlarini ishlagan («Shoh Trdat», 1836; Armaniston kartinalar galereyasida); akop Ovnatanyan (Yakov Avnatamov, 1806, Tbilisi — 1881, Eron) — rangtasvir ustasi, arman tasviriy san’atida portret janrining asoschilaridan; tasviriy san’at asoslarini otasidan o’rgangan. Uning portretlari (N.Teumyan, E.Gurgenbekyan va boshqalar)da arman san’atiga xos xususiyatlar — tasvirlanuvchining tinch, qotib qolgan holatida ko’rsatish, mayda detallarga e’tibor bergan holda ularni aniq tasvirlash, asar fakturasining emaldek silliq va yaltiroq darajada ishlanishida bilinsa, o’ziga xos tomonlari nozik ruhiy kechinmalarni shoirona ifodali tasvirlanishi, rang tizimining sipo va birmuncha oddiyligida ifodalanadi. Agafon Ovnatanyan (Avnatamov, 1818, Tbilisi — 1893, Peterburg) — Mkrtum Ovnatanyanning o’g’li, Peterburg Bada o’qigan (1836-43) va shu yerda ishlagan; Akop Ovnatanyan portretlaridan litografik ishlar, chopqir otlarga bag’ishlangan kompozitsiyalar yaratgan.