Ovoz boylami

Ovoz boylami — dumsiz amfibiyalar, ba’zi sudralib yuruvchilar, ko’pchilik sut emizuvchilar va odamda hiqildoqyon devorining ichki yuzasidan burchak bo’lib chiqadigan ikkita bur ma. Fibroz-elastik to’qimadan tuzilgan bo’lib, shilliq parda bilan qoplangan. Bu haqiqiy Ovoz boylamidir. Ba’zi sut emizuvchilar va odamda haqiqiy Ovoz boylamidan bir oz yuqoriroqda soxta Ovoz boylami ham bo’lib, u ovoz xrsil bo’lishida qatnashmaydi. Odam da haqiqiy Ovoz boylami — muskul to’qimasi va biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan juft boylamdir. Tovush hosil bo’lishida qatnashadi, shuningdek, nafas yo’llarini yot jismlar tushishidan saqlaydi.