Oxunboboyev nomidagi kanal

Oxunboboyev nomidagi kanal — Namangan viloyatidagi magistral kanali. Uzunligi 48 kilometr. Suv o’tkazish imkoniyati 70 m3/s. Sirdaryodan to’g’onsiz suv oladi, suvning o’zi oqib o’tadi. Qoradaryodan suv oluvchi O’rolamin, Mahman va Eshonbobo kanallari birlashtirilib, rekonstruktsiya qilingach, 1930 yilda ishga tushirilgan. Uning yangi bosh inshooti Sirdaryoning Mingbuloqburni yaqinida barpo etilgan (1964). Kanal trassasi bosh qismida Sariqsuv kollektorini kesib o’tadi. Mazgil o’zani orqali, so’ngra qo’riq erdan oqadi. Namangan viloyatining To’raqo’rg’on, Uchqo’rg’on, Pop, Uychi, Namangan tumanlaridagi 40 ming gektarga yaqin yer sug’oriladi.