Oy sun’iy yo’ldoshlari

Oy sun’iy yo’ldoshlari – Oy atrofidagi orbitaga chiqarilgan kosmik uchish apparatlari. Oy sun’iy yo’ldoshlari orbitasi barcha sayyoralarning yo’ldoshlari orbitasiga o’xshaydi. Orbitaning Oy markaziga eng yaqin nuqtasi periselenie, eng uzoq nuqtasi aposelenie deyiladi. Birinchi Oy sun’iy yo’ldoshlari — «Luna-10» 1966 yil 31 martda uchirilgan. 1966-69 yillarda hammasi bo’lib «Luna» (SSSR) tipida beshta, «Lunar Orbiter» (AQSh) tipida beshta Oy sun’iy yo’ldoshlari uchiriddi. Oy sun’iy yo’ldoshlari yordamida oy atrofidagi kosmik fazo, Oyning tortish maydoni va radiatsiya mintaqalari o’rganildi, oy sathining fotosuratlari olinib, yerga uzatildi, televizion kamera yordamida oyni doimo kuzatish imkoni tug’ildi.