Ozon teshigi, ozon tuynugi

Ozon teshigi, ozon tuynugi — Yer atmosferasining ozon qatlamidagi uzilish; dastavval, 1985 yilda Antraktida ustida, keyinchalik Avstraliya tomon siljiyotgani, 1992 yilda esa Arktika ustida kuzatilgan. Ozon teshigi taxminlarga ko’ra, antropogen (insoniyat faoliyati) ta’sirlar, shu jumladan, ozon qatlamini yemiruvchi xlorli sovitkichlar (frenon) ni sanoat va turmushda ko’plab miqdorda ishlatish natijasida ro’yobga chiqqan. Quyoshning ultrabinafsha (200-300 nm) nurlanishi ozon katlamida yutilgani uchun tirik organizmlarga xavfli bo’lgan nurlanish yer sirtiga yetib kelmaydi. Ozon qatlamini muhofaza qilish to’g’risida 1985 yilda Vena konventsiyasi, 1987 yilda Monreal protokoli qabul qilingan. Bu hujjatlarda xlorli Sovitkichlar va dezodorantlardan voz kechish zarurligi qayd etilgan.