Oysha
Oysha (613-678) — Muhammadning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrnning qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-Mo’minun (mo’minlar onasi) dir. Muhammad (sav) vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o’rtasidagi munozaralarda paygambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib, Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan. Oysha Muhammad (sav) umrining oxirigacha u bilan birga yashagani tufayli juda ko’p hadislarning roviysi hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni undan so’rab bilib olar edilar. Xalifalar — Abu Bakr, Umar va Usmon zamonlarida fatvolar ham bergan. Oysha tafsir, hadis, fiqhni mu-kammal bilgan, Arab tili va adabiyotidan yaxshi xabardor bo’lgan. Madinadagi Baqiy qabristoniga dafn qilingan.