O’ZGARUVCHAN YULDUZLAR FIZIKASI

O’ZGARUVCHAN YULDUZLAR FIZIKASI — o’zgaruvchan yulduzlar ravshanligining o’zgarish sabablarini va fizik xususiyatlarini o’rganuvchi fan. Yulduzlar ravshanligining o’zgarish sabablari turlicha. Asosan yulduzlar atmosferasida ro’y berayotgan fizik jarayonlarga yoki yulduz atrofidagi muhitga bog’liq. Masalan, yulduzni bir butun qamrab olgan yoki faqatgina uning sirtidagi portlash, Quyoshdagi kabi, lekin nisbatan kuchliroq chaqnash hodisalari, davriy ravishda yuqlduzlar sirti yuzasining o’zgarishi (pulsarlar) va boshqalar Yulduzlar ravshanligining o’zgarish sabablarini aniqlash astrofizikaning muhim masalalaridan biri bo’lib, ular yulduzlarning tabiatini o’rganishga, ularning yulduzlar olami evolyutsiyasidagi o’rnini aniqlashga va pirovard natijada Quyoshning kelajagini bashorat qilishga imkon beradi.