Pahlavon Mahmud

Pahlavon Mahmud, Puryoy- valiy, Qitoli (1247, — 1326, Xiva) — shoir va mutafakkir. Futuvvat-ju- vonmardlik guruhining ulug’peshvola- ridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Po’stindo’zlik, telpakdo’zlik b-n shu- g’ullangan. Hindiston va Eronda polvon- likda Dong taratgan. Shunga ko’ra, paxla- von Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalklar adabiyotida Umar Xapyomdan so’ng faqat ruboiy yozgan shoir P.M.dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi bo’lmay, mushohada kuchi jihatidan u b-n Baro- bar turgan. P. M. shahar hunarmand- kosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13-14-a.lar) tashkilotchisi, ma’naviy rahnamosi bo’lgan. Ko’pchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shafqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prin-tsiplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf ta’limo- tining nazariy g’oyalari b-n juvonmard- lik tariqatining amaliy qoidalari o’zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko’ra, Xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. P. M. Moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning rav- shanligi, mazmunning teranligi, obraz- larning rang-barangligi b-n ajralib turadi. Ularda «yor», «do’st», «ma’shuqa», «jonona» kabi so’zlar turli ma’nolarda, so’fiyona she’rlarida «Xudo» ma’nosi- da keladi. P.M.ga nisbat beriladigan «Hazrati Paxlavon ruboiylari»ning qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi. «Qomus ul-a’lom» (Sh. Somibek) va «Otashkadai Ozariy» (L. Alibek) va «Haft-iqlim» (A. Roziy) nomli asar- larda xabar berilishicha, P. M. «Kanz ul-haqoyiq», («haqiqatlar xa-zinasi», 1303-04) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qo’lyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida ma’lumotlar bor. Uning vasiyati- ga ko’ra, jasa-Di o’zining po’stindo’zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o’tishi b-n maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari To’xtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: kim agar ozoddur [ruboiylar], T., 1992.