Paleontologiya

Paleontologiya (yunoncha paleos – qadimgi, logos – fan) – qirilib bitgan qadimgi (qazilma) o`simlik va hayvonlarni hamda Yerning butun geologik o`tmishi davomida organik dunyoning qanday taraqqiy etganini o`rganadigan fan. Organizmlarning toshqotgan qoldiqlari va izlari turli o`simlik hamda hayvon guruhlarining qanday izchillik bilan taraqqiy etgani va o`zgargani hamda qirilib bitganini bilishga imkon beradi. Paleontologiya tog` jinslarining yoshini aniqlashga va geologik o`tmishda organizmlar hayoti uchun sharoit qanday bo`lgansni o`rganishga imkon beradi.