PALMERSTON (PALMERSTON) GENRI JON TEMPL
PALMERSTON (PALMERSTON) GENRI JON TEMPL (1784-1865) — vikont, Buyuk Britaniya bosh vaziri (1855-58 va 1859 yildan). Tashqi ishlar vaziri (1830-34, 1835-41, 1846-51). Ichki islohotlar o’tkazishga qarshi chiqqan. Tashqi siyosatda «kuchlar muvozanati» tarafdori. Palmerston hukumati 1857-59 yillarda Hindistondagi sipohiylar qo’zg’oloni va Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini bostirishda, Qrim urushi (1853-56) ni keltirib chiqarishda qatnashgan.