Panama

Panama (Panama), Panama Res- publikasi (Republica de Panama — Mar- kaziy Amerikaning Panama bo’ynida joylashgan davlat. Shim.dan Karib den- gizi, Jan.dan tinch okean o’rab turadi. Mayd. 78,2 ming km2. Axrlisi 2,88 mln. kishi (2002). Poytaxti — Panama sh. Ma’muriy jihatdan 9 viloyat (provincia) va 5 Muxtor indeys rezervasiyasiga bo’linadi. Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1972 y.da ka- bul qilingan, unga 1978 va 1993 y.larda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshlig’i — prezident, u umumiy to’g’ri va yashi- rin ovoz berish yo’li 6-n 5 y. mud-datga saylanadi va ikkinchi muddatga qayta saylanish huquqiga ega emas. Kr-nun chiqaruvchi hokimiyatni konun chiqaruvchi Assambleya (bir palatali parlament), ij- Rochi hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi. Tabiati. P. hududi Markaziy Ameri- kaning eng kambar (48-200 km) qis-mida. Qirg’oqlari, asosan, past. Tinch ocean va Karib dengiziga tutash sohillarida anchagina qo’ltiq bor. Mayda Orol ko’p. P.ning butun hududi orqali g’arbdan Sharq tomon Kordilera-de-Veragua, Kordilera-de-San-Blas, Serraniya- del-Daren tog’tizmalari cho’zilgan, mamlakatning eng baland nuqtasi va harakatdagi vulkani Baru (bal. 3475 m). Oltin, simob, temir va mis rudalar, boksit, binokorlik ma-teriallarining kichikroq konlari bor. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. O’rtacha yillik t-ra 25-28°. Yog’in Jan. tog’yon bag’irlarida 1500 mm dan shim. yon bag’irlarida 5000 mm gacha. Daryolari qisqa (200 km gacha), kema qatnamaydi, qurg’oqchil mav- sumda ko’pincha qurib qoladi. Panama bo’ynining eng kambar joyida Panama ka-nali qurilgan. Qizilsariq laterit tuproqlarda qimmatbaho daraxt turla- ri o’sadigan o’rmonlar, Jan.-G’arbdagi jigarrang-qizil tuproklarda savanna- lar uchraydi. Hayvonot dunyosi: zirhli, yovvoyi Mushuklar (Puma, otselot), chumolixo’r, yalqov, bug’u, koata maymuni va b. Darey va b. milliy boglari, o’rmon qo’riqxonalari bor. Aholisi, asosan, panamaliklar — metislar (60%), negrlar (15%), indeys- lar (7%). Shaharlarda yamaykaliklar, xitoylar, amerikaliklar ham yashaydi. Shahar aholisi 54%. Rasmiy til — is- Pan tili. Ko’pchilik dindorlar katolik, bir qismi protestant. Yirik shaharlari — Panama, Kolon. Tarixi. P.ni ispanlar mustamlaka qilib olgunga qadar bu erda kuna, gu- aymi, chokova va b. 60 dan ortiq in-deys qabilasi yashagan. P.nidastlab 16-a.da ispan konkistadorlari zabt etgan. Mu- stamlakachilar tub aholiga zulm o’tkazgan va ko’pchiligini qirib tashlab, plan- tasiyalar va konlarda ishla-tish uchun Afrikadan negr qullarni keltirgan. Amerikadagi ispan mustamlakalari- ning mustaqilligi uchun urush davomida (1810-26) Panama o’zini mu-staqil deb (1821) e’lon qildi va S Bolivar tuzgan Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarki- biga kirdi. 1830 y.da Buyuk Kolumbiya parchalangach, 1831 y.dan yangi Granada (1886 y.dan Kolumbiya) Respublikasi tarkibiga departament huquqida kirdi. 1903 y. P. Ko-lumbiyadan ajralib chiqib, mustaqillik e’lon qildi. Ammo o’sha yili 18 noyab. da AQSh b-n P. o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan, Panama ka- nali qurish mo’ljallangan hudud AQShga «abadiy foydalanish, egallash va na- zorat qilish» uchun berilishi oqiba-tida P. AQShga butunlay qaram bo’lib qoldi. Amerikaliklar bu erda harbiy baza qurib, o’z qo’shinlarini joylashtirdi. P. xalqi ko’p yil o’z erini ozod qilish uchun kurashdi (1958, 1959, 1964 y.lardagi harakatlar). 1968 ‘y. general o. Torri- xos Errera boshchiligidagi milliy gvar- diya davlat to’ntarishi qilib, iqtisodiy mustaqillikni mu-stahkamlash, siyosiy hayotni demokra-tiyalash tadbirlarini o’tkazdi. 1977 y. P. hukumati AQSh b-n tuzgan ikki shartnomaga ko’ra, 1903 y.gi shartnoma bekor qilindi, 1979 y. 1 okt. dan kanal zonasi ustidan P. suverenite- ti tiklandi, 2000 y. 1 yanv.dan kanalning o’zi ham P. tasarrufiga o’tdi. P. 1945 y.dan — BMT a’zosi. O’zR suverenite- tini 1992 y. 2 yanv.da tan oldi. Milliy bayrami -3 noyab. — Mustaqillik kuni (1903). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Arnulfista partiyasi, 1990 y. tu- zilgan; «Papa Egoro» harakati, 1991 y. asos solingan; Leyboristlar partiyasi, 1982 y. tashkil etilgan; Liberal Respu- blikachilar partiyasi, 1993 y. tuzilgan; P.xalq partiyasi, 1930 y.da asos solin- gan; Liberal milliy partiya, 1979 y. tashkil etilgan; Liberal respublikachi- lar milliy harakati, 1981 y. tuzilgan; Inqilobiy demokratik partiya, 1978 y. asos solingan; demokratik xristian partiyasi, 1963 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari konfe-derasiyasi, 1956 y. asos solingan; meh-natkashlar mil- liy kengashi, 1971 y. tuzilgan; P. bo’yni mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1971 y. tashkil etilgan. Xo’jaligi. P. — agrar mamlakat. 20-a.ning 70-y.larida P. hukumati ba’- zi ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni — q.x. sohasida, mehnat qonunchiligi va soliq sohasida islohotlar o’tkazdi, bar- cha foydali qazilmalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqini e’lon qildi. Qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol aholining 25% band bo’lib, yalpi ichki mahsulotning 15% hosil qilinadi. Yangi q.x. kooperativlari tuzilgan bo’lsa ham, latifundiyalar ustun mavqeda turib- Di. Asosiy eksport ekinlari: banan, shakarqamish, kofe. Ichki iste’mol uchun sholi, makkajo’-xori, kartoshka, dukka- klilar ekiladi. Go’sht chorvachiligi va parrandachilik rivojlangan: qoramol, cho’chqa, ot, echki va xachir boqiladi. O’rmonlarda qimmatbaho tur yog’och tay- yorlanadi. Dengizda Qisqichbaqa va baliq ovlanadi. Sanoati zaif rivojlangan bo’lib, yalpi ichki mahsulotning 9% ni tashkil etadi. Oz miqsorda oltin, mis ruda- si, neft qazib olinadi. I.ch. sanoati oziq-ovqat (qand-shakar, konservalar, quritilgan va quyultirilgan sut, alkogol- li va alkogolsiz ichimliklar, baliq uni, tamaki mahsulotlari va b.), yog’ochsozlik, ko’n-poyabzal, tikuvchilik, qog’oz, sopol va tsement sanoatining mayda korxona- laridan ibo-rat. Las-Minasda chetdan keltirilgan va mahalliy neftni qayta ishlaydigan z-D bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga o’rtacha 2,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Panama, ko- lon, Nata. Panama kanali orqali yili- ga 14 mingtagacha kema o’tadi. Bu kanal ro’yxatga olingan kemalar soni va ular- ning umumiy yuk hajmi jixatidan du- nyoda l-o’rinda, Kolon Erkin zonasi esa ahamiyati va eksport-import operasiya- lari hajmi jihatidan 2-o’rinda turadi. Asosiy dengiz porti va xalkaro Aero- porti — Panama, muhim dengiz porti — Kolon. T.y. uzunligi — 583 km, avtomo- bil yo’llari -10 ming km. Chetga banan, neft mahsulotlari, qand-shakar, yog’och, Qisqichbaqa va b. chiqaradi, chetdan mashi- na va asbob-uskuna, metall buyumlar, xom neft, kimyoviy mollar, oziq-ovqat va b. oladi. Asosan AQSh, Venesuela, Kosta- Rika, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Italiya b-n savdo qiladi. Pul birligi — bal- boa. Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. Vrach- lar Panama un-tining tibbiyot f-tida tayyorlanadi. 1946 y.dan majburiy 8 ylikta’lim to’g’risidagi qonun amal qiladi. Boshlang’ich maktab shaharlarda 6 y.lik (7 yotshdan 13 yoshgacha), qishloq joylarda -3 va 4 y.lik. O’rta maktab 6 y.lik bo’lib, 2 turkum, ya’ni 3 y.lik ij- timoiy fanlar va 3 y.lik tabiiyotmat. fanlari liseylaridan iborat. Hunar- texnika ta’limi texnika, q.x., tijorat bilim yurtlari va boshlang’ich maktab yoki o’rta MAK-tabning bir turkumi negizida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim pana- ma un-ti (1935 y.da asos solingan) va Santamariya la Antigua xususiy katolik un-tida (1965) beriladi. Mamlakatdagi i.t.lar Milliy fan kengashi (1963) to- monidan muvofiklashtirib turiladi. P. milliy FA (1942), P. til akademiyasi, P. tarix akademiyasi (1942), Milliy arxeo- logiya va tarixiy yodgorliklar akademiya- si (1946), indeys xalklar madaniyatini o’rganish in-ti (1952), iktisodiy rivoj- lanish in-ti (1953), Panamerika tarix va geogr. in-ti, Panama un-ti huzuridagi i.t. muassasalari i.tlar olib boradi. P. un-ti kutubxonasi (1935), Milliy ku- tubxona (1892), P. milliy muzeyi (1925) va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi, tele- ko’rsatuvi. P. da bir qancha gaz. va jur.lar nashr etiladi. Muqimlari: «Matutino» («Tonggi xabarlar», kundalik hukumat gaz., 1969 y.dan), «Panama —Amerika» (kundalik gaz., 1989 y.dan), «Prensa» («Matbuot», kundalik gaz., 1980 y.dan), «Siglo» («asr», kundalik gaz., 1985 y.dan), «Unidad» («birlik», oyiga 2 marta chiqadigan gaz., 1973 y.dan), «kri- tika libre» («Erkin tan-qid», kundalik gaz., 1925 y.dan), «Analisis» («tahlil», iqtisodiyot va siyosat masalalarini yorituvchi oylik jur.). Milliy axbo- rot agentligi yo’q. P. ra-dioeshittirish uyushmasi mavjud. Radioeshittirish va teleko’rsatuv xususiy bo’lib, tijorat asosida ishlaydi. Adabiyoti ispan tilida rivojla- nib kelmoqda. Dastlab Kolumbiya ada- biyoti tarkibida vujudga keldi. 19-a. ning 2yarmida undan ajralib chiqib, milliy adabiyot tarzida shakllana bosh- ladi. M. Arosemena o’zining «tarixiy xotiralar» va o’g’li X. Arosemena ij- timoiy-iqtisodiy, siyosiy va maishiy mavzulardagi ocherklari b-n unga asos soldilar. 1845 y.da tuzilgan havaskor ma’rifatparvarlar jamiyati P. milliy adabiyotini yaratishda katta rol o’ynadi. Vatanparvarlik ruhida she’rlar yozgan X. Kolunxe, T.M. Fyoyyo, X. M. Aleman, A.D. Le Isaka kabi shoirlar P. adabiyo- tini yuqori pog’onaga ko’tardilar. 20-a. boshlarida hukm surgan modernizm na- moyandalari D. Errera, G. Andreve, L. A. Soto, R. Miro va b. adiblar P. adabiyoti- ning o’ziga xosligini himoya qilish b-n birga evropacha uslublardan ham foy- dalandilar. 1-jahon urushidan keyin adiblar 2 oqimga bo’linib ketdi. R. Sinan, R. La- urens kabi shoirlar «avangardizm» ta- rafdori bo’lib, formalizm yo’liga o’tdi. D. Korei, D. Errera Sevilyano ijtimo- iy zidtsiyatlarni aks ettirdi. I. de X. Valdes va b. adiblar shahar va qishloq turmushini haqqoniy tasvirladi. 2-jahon urushidan so’ng yozuvchilar ijo- dida ijtimoiy adolatsizlikni fosh etish mavzui muhim o’rin oldi (M. Ri- era, P. Rivera, X. Franko va b.). Zamo-na- viy yozuvchilar orasida D. Moran, A. Me- nendes Franko kabi shoirlar, E. Chues, X. M. Bayyard Lerma, X. Beleno kabi proza- chilar, dramaturg X. de X. Martines asar- lari mashxur. Me’morligi va tasviriy san’ati. Qad. P. madaniyati Meksika, Kolum- biya va b. qo’shni mamlakatlar madani- yati b-n o’zaro hamohang shakllangan. Mahalliy indeyslar mahobatli inshoot- lar qurmagan. Mustamlakachilik davrida Panama, Portobelo sh.larida mudofaa istehkomlari, bozor, bojxona, ombor- lar b-n bir qatorda hashamdor zarhal o’ymakorlik uslubidagi cherkovlar barpo etildi. 20-a.da Panama, Kolon sh.larida zamonaviy Amerika me’morligi ruhida qurilgan me’moriy majmualarga maxal- liy an’ana unsurlari singdirildi (g. de Ru, I. Galindo Valyarino, O. Mendes Gu- ardiya kabi me’morlarning loyihalari). Tasviriy san’ati 16-a.gacha indeyslar yasagan tosh haykallar, odam va hayvon Su- rati tushirilgan ustunlar, rang-barang sopol idishlardan iborat bo’lgan. Mu- stamlaka yillarida zamonaviy san’at vujudga kela boshladi. Zamonaviy ras- somlardan R. Lyuis, X. M. Uloa, X. F. Arosemena, F. R. Karcherini ko’rsatish mumkin. Hoz. P. tasviriy san’atida ku- bizm (S. Oduber), syurrealizm (P. Run’- Yan) va b. oqimlar yoyilgan.