Paragvay

Paragvay (Paraguay), Paragvay Respublikasi (Republika de Paraguay) — Jan. Amerikaning Markaziy qismida joylashgan davlat. Mayd. 406,8 ming km2. Aholisi 5,8 mln. kishi (2002). Poytaxti — Asunson sh. Ma’muriy jiqatdan 19 departament (departamento) va poytaxt okrugiga bo’linadi. Davlat tuzumi. P. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1992 y. 21 iyun- da qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig’i — prezident (1999 y.dan Luis Gonsales Makki), u umumiy to’g’ri ovoz berish yo’li b-n 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Kongress (2 palatali parlament — se- nat va deputatlar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Tabiati. P. relefi, asosan, tekis- lik. Markaziy qismini Paragvay da- ryosi bo’yidagi botqokli pasttekislik, shim.-g’arbini GranChako tekisligining bir qismi, Jan.-sharqini Braziliya yassitog’ligining bir qismi egallaydi. Oz mikdorda temir, marganes, mis ruda konlari bor. Iqlimi — tropik, issiq iqlim. O’rtacha t-ra iyulda 17-19°, yanv. da 27-29°. Yillik yog’in g’arbda 700 dan sharkda 2000 mm gacha. Yirik daryolari: Parana, Paragvay va ularning irmokla- ri. Tuprogi sharkda kizil ferralit, Mar- kazda o’tloqi, g’arbda jigarrang-qizil tuproq. Mamlakat hududining teng yarmi qimmatbaho da-raxtlar (kvebraxo, Mate) o’sadigan o’rmon. P.da tapir, Pekar, yagu- ar, suv cho’chqasi, botqoq bug’usi, Puma, zirxli, nosux, kapibar kabi hayvonlar, keng burunli maymunlar, turli-tuman qushlar yashaydi. Milliy bog’lari — De- fensores-delchako, Tinfunke va b. Aholisi, asosan, paragvaylar (is- Pan kelgindilari b-n indeys ayollari ni-kohidan vujudga kelgan metislar). In-deyslar, nemislar, argentinlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ispan tili, ko’pchilik guarani indeys tili- da so’zlashadi. Dindorlarning aksari- yati — ka-toliklar. Aholining 50,5% shaharlarda istiqomat qiladi. Yirik shaharlari: Asunson, Vilyarrika, kon- sepson. Tarixi. Evropaliklar 1527 y. mam- lakatga kelishidan avval bu erda gu- arani indeyslari yashagan. 1535 i. P. Ispaniya mustamlakasiga aylantiril- Di. Mahalliy aholi qirib tashlandi, qolganlar qul qilindi. 17-18-a.larda iezuitlar davlati mavjud bo’ldi. Ispa- niya mustamlakalarining mustaqillik yo’lidagi urushi natijasida P. 1811 y. mustaqillikka erishdi va Respu- blika deb e’lon qilindi, mamlakatda inqilobiy xunta hukmronlik qila bosh- ladi. 1842 y.da qullik bekor qilindi. 1844 y.da birinchi Konstitusiya qabul etildi. 1864-70 y.larda P. hudu- dining yarmini Argentina va Braziliya bosib oldi. Yirik latifundiya egalari b-n harbiylar Milliy respublikachi- lar uyushmasi («Kolorado»)ga birlash- Di. P. 1-jahon urushida betaraf turdi. 2-jahon urushida ham betaraflik e’lon qilsada, Germaniyaga ko’maklashdi, urush- dan keyin nemis har-biy jinoyatchilari- ga boshpana berdi. Urush davrida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi, davlat savdo floti tashkil topdi. P. 1945 y. Fev.da Germaniya va Yaponiyaga urush e’lon qildi.Urushdan keyin mamlakatda ketma- ket davlat to’ntarishi bo’lib turdi va 1954— 89 y.larda A. Stresner (1954-89 y.larda prezident) harbiy polisiyachilar Dik-taturasi hukm surdi. 90-y.lardan fuqarolar hukumati qokimiyatni ido- ra kila boshladi. P. — 1945 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n 2001 y. avg.da diploma- tiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 14 may — Mustaqillik kuni (1811). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushma- lari. Liberal partiya, 1961 y. an’anaviy Liberal partiya parchalanganidan key- in tuzilgan; Liberal-radikal partiya, 1961 y. tashkil etilgan: Milliy res- publikachilar uyushmasi — «Kolorado» partiyasi, 1887 y. asos solingan; P. kom- munistik partiyasi, 1928 y. tuzilgan; Haqiqiy Liberal-radikal partiya, 1977 y. tashkil etilgan; inqilobiy Febrero partiyasi, 1951 y. Fev.da Febrero (Fev- ralchilar) partiyasi nomi b-n tuzilgan; Xristian-demokratik partiya, 1965 y. asos solingan. Mehnatkashlar Birlashgan kasaba uyushma markazi, 1980 y. tuzilgan; P. mehnatkashlar konfederasiyasi, 1951 y. tashkil etilgan. Xujaligi. P. — iqtisodiy jiqatdan kam rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va o’rmon xo’jaligining ulushi 26,6%, sanoatning ulushi 17,4%. Xo’jalikning asosiy tar- moklari: chorvachilik va o’rmonchilik. Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining chorak qismidan q.x.da foy- dalaniladi, shundan salkam 90% o’tloq va yaylov, 10% ekinzor. Yaylov chorvachi- ligi gusht etishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, qo’y va ot boqiladi. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: makkajo’xo-ri, ma- niok, sholi, bug’doy, batat, sha-karqamish, loviya, tsitrus mevalar va b. Eksport uchun tamaki, choy, paxta, kofe, tung yong’og’i, soya etishtiriladi. Tokzorlar bor. Tropik yog’ochlar tayyorlanadi. Sanoati zaif. Etakchi tarmoklari: q.x. xom ashyosini qayta ishlash, oziq- ovqat sanoati (kushxonalar), yog’ochsozlik, to’qimachilik, ko’n-poyab-zal, oshlov- chi kebracho ekstrakti, tsement i.ch. va b. Neftni qayta ishlash, o’simlik moylari, kand-shakar i.ch. korxonalari bor. Yiliga o’rtacha 2,4 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qili-nadi. Tuz va ohaktosh qazib olinadi. Xorijiy kompaniyalar yorda- mida neft va uran konlari o’rganila boshladi. Mamlakat tashqi savdo yukla- rining deyarli hammasi Parana va Parag- vay daryolari orqali tashiladi. Eng katta porti — Asunson. T. y. uzunligi — 1,5 ming km ga yaqin, avtomobil yo’llari uz. 25,7 ming km. P. chetga go’sht va go’sht mahsulotlari, paxta, neft va neft eks- trakti, yog’och, tung moyi va b. chiqa-radi, chetdan neft va neft mahsulotlari, ma- shina va uskunalar, transport vositala- ri, oziq-ovqat mahsulotlari va b. oladi. Braziliya, Argentina, Germaniya, AQSh b-n savdo qiladi. Pul birligi — Guara- ni. Maorifi, ilmiy va madaniyma’ri- fiy muassasalari. Maorif tizimida boshlang’ich maktabning 3 y.lik, 5 y.lik, 6 y.lik turlari bor. O’rta MAK-Tab (o’qish muddati 6 y.) ikkita 3 y.lik bosqichdan iborat. Hunar-texnika o’quv yurtlari boshlang’ich maktab va 1-bos-qich o’rta maktab negizida ishlaydi. P.da 21 oliy o’quv yurti bor, yiriklari: Asunsonda- gi Milliy un-t (1890 y. asos solingan), «Nuestra senora de la Asunson» Kato- lik un-ti (1960). Davlat ilmiy muassa- salari: atom energiyasi milliy komissi- yasi (1965), Botanika bog’i (1914), harbiy geografiya in-ti (topografiya xaritala- ri), Guarani tili madaniyati akademiyasi (1975); xususiy ilmiy muassasalari: P. ilmiy jamiyati (1921), P. pediatriya va bolalar gigienasi in-ti (1928), P. ta- rixiy tadqiqot in-ti (1937) va b. Asun- sonda Milliy kutubxona, nafis san’at va kad. yodgorliklar milliy mu-zeyi, ta- biiy tarix va etn. muzeyi bor. Matbuoti, radioeshittirishi va te-leko’rsatuvi. P.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: «A be Se kolor» (kundalik gaz., 1967 y.dan), «Adelan-te!» («Olg’a!», oylik gaz., 1942 y.dan), «Voe de trabaxo» («mehnat sasi», 2 qaftada 1 marta chikadigan jur.), «Dia» («Kun», kundalik gaz.), «Notisias» («Yangili- klar», 1844 y.dan), «Patria» («Vatan», kundalik gaz., 1946 y.dan), «perspekti- vas» («istiqbollar», jur., 1986 y.dan), «Popular» («Xalq gazetasi», kundalik gaz.), «Progreso» («Taraqqiyot»), «Pu- eblo» («Xalq», haftanoma, 1964 y.dan), «Ultima ora» («So’nggi soat», kundalik kechki gaz., 1977 y.dan). Milliy axborot agentligi yo’q. Radio va televidenie kanallari ti- jorat asosida ishlaydi. Adabiyoti ispan va guarani tillari- da. Mustamlaka davrida yozma adabiyot de- yarli bo’lmagan, guarani indeyslarining boy og’zaki ijodi rivojlangan. Mamla- kat mustaqillikka erishganidan keyin- gina P. adabiyoti she’riyatdan boshlandi. Birinchi romantik shoir N. M. Talaver (1839-67) vatanparvarlik ruhidagi she’rlari b-n adabiyot maydoniga chik- Di, milliy madhiya ham uning qalamiga mansub. 20-a. boshlarida ma’rifat- parvarlik g’oyalari keng tarqaldi, bu sohada M. Dominges, S. Baes kabi yozuv- chilar, X. E. O’Liri, M. Ortis Gerrero kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovor. Shoir X. Korrea milliy dra- maturgiyaga asos soldi («baxtsizlar- ning zorligi» pesasi). 20-a. 2yarmidan badiiy proza ravnaqtopa boshladi. A. Roa Bastosningo’z xalqi taqtsirini tas- virlovchi hikoyalar to’plami va «inson farzandi» romani (1960) P. adabiyoti- ni yuqori po-g’onaga ko’tardi. Ijtimoiy nizolarni mifologik motivlar orkali tasvirlovchi bu asar jahon adabiyoti xa- zina-siga munosib hissa bo’lib qo’shildi. Mamlakatda harbiy-polisiya diktatu-ra- si davrida ko’pgina yozuvchilar chet ellar- da yashab, ijod qilishga majbur bo’ldi. 90-y.lardan P. adabiyoti yanajonlana boshladi. Me’morligi va tasviriy san’ati. P. aholisi qadimdan somonli xom g’isht, loy va qamishdan qurilgan kulbalarda yashab kelgan. Mustamlaka davrida barpo etilgan mustahkam manzilgoxlarda yog’och va xom g’ishtdan ibodatxona, ustaxona, bozor, lashkargoxlar qurilgan, ularning atrofida indeyslarning kulbalari joy- lashtirilgan. 17-18-a.larda hashamatli cherkovlar barpo etiddi. 1840-65 y.larda P. poytaxti — Asunson sh. qayta re-jalashtirilib, evropacha uslub- da qurildi. P. mustaqillikka erishgach, yirik shaharlarda saroy va jamoat bi- nolari klassisizm va italyan uyg’onish davri uslublarida tiklandi, g’isht va toshdan 2-3 qavatli turar joylar ku- rila boshladi. Keyingi yillarda AQSh va Braziliya me’morlari ishtirokida jamoat majmualari, sanoat inshootlari va uy-joylar zamonaviy binokorlik ma- teriallaridan qurildi. P. hududida qad. zamonlarda yasha- gan indeys qabilalari ovchilik, baliq ovlash, dehqonchilik b-n shug’ullangan va guldor sopol idishlar yasash, badan- ga naqsh solish, kashtali kiyimlar ti- kish san’atini rivojlantirgan. Indeys kulbalarida yoshlarga naqshinkorlik va o’ymakorlik sirlari o’rgatilgan. 19-a. o’rtalarida rassomlik maktabi vujudga keldi, ilk maxalliy rassomlar (manzarachi S. Rios, portretchi A. Gar- Sia) xalq hayotini va mamlakat tabiatini aks ettiruvchi asarlar yaratdilar. 20-a. da rassom P. Alborno, haykaltarosh V. Polyarolo, fafik X. dela Erreriya va b. san’atkorlar ijodida mamlakat tarixi, manzaralari va xalq an’anala- ri ifodalab berildi. AQSh va Evropa san’ati ta’sirida shaklbozlik, Avangar- dizm oqimlari ham tarqaldi. Hunarman- dchilikda badiiy to’r to’qish, choyshabga gul, kush, jonivorlar tasvirini tushi- rish, naqqoshlik, kulollik, suyak va yog’och o’ymakorligi, kumush va mis taqinchoqlar yasash san’ati rivojlangan. Indeys- larning sopol idishlarni qolipaki naqshlash, qush patidan turli bezaklar ishlash san’ati hamon saqlanib qolgan. Musiqasi. Indeyslarning musiqa janrlari xilma-xil: marosim va meq- nat qo’shiklari, davra o’yin aytishuvlari, tarixiy aytimlar va ishqiy la-parlar, taronalar va h.k. Fleyta (mim-bi), va hushtak turlari, suyak va yog’och trubalar, baraban, shaqildoq kabi chol-g’ular omma- lashgan.. Paragvayliklar musiqasi butun Lotin Amerikasidagi kreol musiqasi b-n mushtarak bo’lishiga qaramay, milliy o’ziga xos tomonlari bor (qo’shiq janrla- ri — kanson va guaraniya; cholg’u asbo- blari — gitara va Arfa). Professional musiqa 19-a.dan rivojlana boshladi. 20-a.da kontsert faoliyati urf bo’ldi. 19- a. oxiri — 20-a. boshlarida dastlabki musika muassasalari, jamiyatlari, uyush- malari tashkil etildi. Kompozitorlar ora-sida R. Ximenes, E. Ximenes, X. A. Flores, X. K, Moreno Gonsalesni ko’rsa- tish mumkin. Asunsonda musiqa bilim yurti, xususiy musiqa maktablari bor. Teatri. Dastlabki teatr tomoshalari 16-a. o’rtalarida ko’rsatildi. Mustamla- ka davrida, asosan, diniy mazmundagi asarlar sahnalashtirildi. Milliy te- ATR san’ati 19-a. o’rtalaridan rivojla- na boshladi. 1858 y. Asunsonda teatr binosi qurildi. 20-a.da poytaxtda «Gra- nados», «Nasonal», «Independente» teatrlari, A. Sune rahbarligidagi P. drama va komediya truppasi ishladi. Shu davrda guarani teatri ham rivojlandi. X. Korrea b-n bir qatorda F. M. Barri- OS, R. Senturion Miranda, X. PLA kabi dramaturglarning asarlari, E. Baes, E. Reysofer kabi aktyorlarning ijrosi to- moshabinlarga manzur.