PANISLOMIZM

PANISLOMIZM (pan… va islom) — butun dunyo musulmonlarining ruhiy birligi to’g’risidagi tasavvurga asoslangan diniy-siyosiy mafkura. XIX asr oxirida butun musulmon olamini mustamlakachilarga qarshi kurashishda birlashtirish to’g’risidagi harakatga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek. SSSR tomonidan berilgan sun‘iy nom. Biroq islomchilik g’oyasi vujudga kelgan paytidan boshlab Rossiya va Angliya hukmron doiralari tomonidan panislomizm (ulug’ islomchilik) tarzida soxtalashtirilgan edi. Xususan, Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu g’oya butun islom xalqlarini yagona davlat – xalifalik tuzish uchun kurashga da‘vat qilar emish. Sovet Rossiyasi va SSSR raxbariyati Panislomizmga qarshi kurashda xuddi turkchilik va turonchilikka nisbatan bo’lganidek qatiy choralar ko’rgan. Ular Panislomizm va Panturkizm jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafkurasi deb hisoblashgan. Biroq islomchilik g’oyasi vujudga kelgan paytidan boshlab Rossiya va Angliya hukmron doiralari tomonidan panislomizm (ulug’ islomchilik) tarzida soxtalashtirilgan edi. Xususan, Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu g’oya butun islom xalqlarini yagona davlat – xalifalik tuzish uchun kurashga da‘vat qilar emish. Sovet Rossiyasi va SSSR rahbariyati Panislomizmga qarshi kurashda xuddi turkchilik va turonchilikka nisbatan bo’lganidek qatiy choralar ko’rgan. Ular Panislomizm va Panturkizm jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafkurasi deb hisoblashgan.