PARAFIRLASH

PARAFIRLASH (fr. paraphe – qisqartirilgan imzo) — shartnomaning matnini kelishib olish maqsadida sharnomani yoki uning ayrim moddalarini ahdlashuvchi tomonlar muxtor vakillarining ismi va otasining ismi bosh harflarini qo’yib oldindan imzolash. Shartnomani davlat arboblari imzolagandan va davlatning oliy qonun chiqaruvchi organi tomonidan ratifikatsiya qilingandan keyin u yuridik kuchga ega bo’ladi.