Paramagnetizm
Paramagnetizm (para… va magnetizm) — tashqi magnit maydoni- ga kiritilgan jismlarning shu maydon yo’nalishiga Moe yo’nalishda magnit- lanish xossasi. Magnit qutbi yaqiniga joylashtirilgan har qanday paramagnit jism shu qutbga tortiladi. Tashqi mag- nit maydoni bo’lmagan (N=0) da paramag- netiklar magnitlanmaydi. «P.»terminini fanga M. Faradey kiritgan (1845). U ferromagnitdan bosh- ka barcha moddalarni magnit xossalari bo’yicha diamagnit va paramag-nit mod- tsalarga ajratgan. P. zarralari (atom, molekula, ion, atom yadrosi) xususiy magnit momentiga ega bo’lgan jismlar uchungina xos bo’lib, bu momentlar tashqi maydon bo’lmaganda tartibsiz, ya’ni j=0 bo’ladi. Tashqi maydon bo’lganda maydon yo’nalishida moslanadi. Metallda xususiy magnit (Spin) mo- mentiga va elektr o’tkazuvchanlik xossa- siga ega bo’lgan elektronlarning mavjud- ligi shu metallning paramag-nit xossa- sini ifodalaydi. Tashqi magnit maydo- ni ta’sirida bu elektronlar magnit mo- mentining yo’nalishi maydon yo’nalishi b-n bir xil bo’ladi. Atom yadrosi ham xususiy magnit mo- mentiga ega. Yadro magnit momenti elek- tron magnit momentidan taxm. 1000 Mar- ta kichik. Atom yadrosining paramag-nit qabulchanligi elektron qabulchanligidan taxm. 106 marta kichik. Paramagnit mod- da kucheiz tashqi magnit maydoni ta’- sirida juda kucheiz, lekin juda past (mutlaq nol gradusga yaqin) t-ralarda, shuningdek, o’ta yuqori tashqi magnit maydoni (>105 E) ta’sirida kuchli mag- nitlanadi. Kucheiz maydonga paramagnit moddaning mag-nitlanganligi j may- don kuchlanganligi o’sishi b-n quyidagi qonun bo’yicha o’sadi: j=%ff, bunda para- magnit qabulchanligi x~ yu~5 dan 10~3 gacha qiymatlarni oladi. Agar maydon kuchli bo’lsa, paramagnit zarrachala- ri magnit mo-mentlarining yo’nalishi tashqi magnit maydoni yo’nalishidek bo’ladi (magnit to’yinishi ro’y beradi). O’zgarmas kuchlanishli maydonda t-ra T ortishi b-n magnit qabulchanlik Kyuri qonuni bo’yicha kamayadi. Turli moddalarning P.ini o’rganish atom, ion, molekula, yadrolarning magnit momentini, murakkab molekulalarning tuzilishini o’rganishda, materiallar- ning strukturasini taxlil qilishda juda muhim.