Parametrit
Parametrit (Paro… va Yun. Metra — bachadon) — bachadon atrofidagi yog’ to’qimasi (kletchatka)ning yallig’lanishi. Yiring xreil qiluvchi mikroblar (aso- san, streptokokk, stafilokokk, ichak tayoqchasi) qo’zg’atadi. P.ga kupincha nojo’ya qilingan abort, tug’ruqning noraso ke- chishi tufayli jinsiy a’zolarning za- rarlanishi, ba’zan qovuq hamda icha- klarning surunkali kasalliklari va b. sabab bo’ladi. P.ningo’tkir va surun- kali shakli farq qilinadi. P.da gavda harorati ko’tariladi, et uvishib, qorin pasti og’riydi, bemor darmonsizlanadi. Qin orqali tekshirib infiltrat paydo bo’lganligini aniklash mumkin. Ba’zan infiltrat yiringlasa, yiring qovuqqa, to’g’ri ichak yoki qorin bo’shlig’iga teshib utishi ham mumkin. Shuning uchun o’tkir P.da darhol vrachga murojaat etish kerak, aks holda yiringli P. paydo bulib, Yi- ring qo’shni a’zo va to’qimalarga, hatto qonga o’tishi mumkin. P.ning oldini olish uchun aso- siy abort, ayniqsa, yashirin Abortdan sak,lanish, homiladorlikni to’xtatish za-rur bo’lsa, faqat stasionar sharoit- da amalga oshirish lozim. P.ning o’tkir shaklida bemor o’rinda yotishi tavsiya etiladi, antibiotiklar, yallig’lanishga qarshi dorilar buyuriladi; surun-kali- sida fizioterapevtik muolajalar, ku- rortlarda davolanish maqsadga muvofiq; yiringlash hollarida xirurgik usul qo’llanadi.