Parda
Parda — 1) dramatik asar, teatr spek-taklining bo’limi (AKT.). Mavzu- ning murakkabligi va davomiyligiga qarab pesa va spektakl 1 P.dan 5 P.gacha bo’lishi mumkin. Mumtoz dramaturgiya va o’tmishdagi teatrda P.lar ko’p bo’lgan. Zamonaviy pesalar va spektakllar esa, odatda, 2 P.dan iborat. P.lar ko’ri nish- larga (ular ba’zan voqealar, sahnalardeb ataladi) bo’linadi. 1-P.da ko’-pincha eks- poziyasiya va voqeaning tuguni, so’nggi P.da echimi beriladi. Asosiy P.larda voqealar rivojlanib borib cho’qqiga ko’tiriladi va tugalla-nadi. Ba’zi sahna asarlarida maxsus mukaddima va yakun bo’lib, ular prolog va epilog deb atala- Di; 2) an’anaviy teatrda musavvirlar to- monidan chizilgan maxsus suratli P.lar bo’lib, tomosha oldidan ayvon, ko’shk yoki Tirgo-vichlarga osib qo’yilgan. O’rta asr- larda ayol san’atkorlar harir oq P.lar or- tida soz chalgan, kuylagan va raqsga tush- gan. Qo’g’irchoq teatrining «chodir xayol» va «chodir Jamol» turlarida tomoshalar 3 tomoniga P. tortilgan va oldi ochiq cho- dirlarda ko’rsatilgan; 3) teatr sahnasi oldidagi ikki tomonga sirgalib ochila- digan (ba’zan yukrriga ko’tariladigan) Baxmal to’siqlar, sahnaning yonlarida va orasida spektakl mavzusini ochuvchi rassom tomonidan o’ylab chizilgan beza- klar ham P. deb ataladi. Kichik voqealar avansah-nada o’ynalayotganda P. yarim yoki butunlay yopilishi va yana ochilib aso- siy vokealar davom etishi mumkin. Bun- Day P. intermediya P.si deyiladi. Te- atrlarda yong’indan saqlovchi (temir yoki asbestdan) P.lar ham uchraydi; 4) xonani quyosh nuri, shamol, yot ko’zdan to’sish yoki bezak uchun deraza va eshiklarga tutila- digan matolar. Taxmon, tokcha, burchak yoki xonaning biron qismini to’sish uchun xam qo’llaniladi. Kelinkuyov uchun solingan joylardan to’sib turuvchi P. Chimildiq deb ataladi. P.lar turli gazlamalardan tikiladi. Hoz. kunda «jalyuzi» P.lar urf bo’lmoqda. Muhsin Qodirov.