Paremiologiya
Paremiologiya (Yun. paroimia — hikmatli so’z, Zarbulmasal va … logiya) — 1) ma’lum bir tildagi avloddan avlodga og’zaki shaklda ko’chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo’lgan ma- qol, matal, aforizm kabi hikmatli ibo- ralarni — paremalarni o’rganadigan fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud bo’lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar — paremalar tizi-mi. Pare – malar avloddan avlodga faqat og’zaki holdagina o’tib kelganligi, xalq og’zaki ijodining mahsuli bo’lganligi uchun adabiyotshunoslikning o’rganish ob’ekti hisoblanadi, chunki ularning aksari- yati ko’pincha she’riy shaklga o’xshaydi va ularda o’xshatish, antiteza, anafora, alliterasiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qo’llanadi. Shu b-n birga paremalar so’zlardan tu- zilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat bo’lgani uchun tilshu- noslikning ham o’rganish ob’ektidir. P. ana sho’2 jihatni o’zida birlashtiradi. Paremalarning kelib chiqishi, tarixan rivojlanishi va ma’no xususiyatlari- ni o’rganuvchi P. frazeologiya b-n cham- barchas bog’liq. P. tilda mavjud bo’lgan turli xil barcha iboralarni o’rganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifa- tida faqat ko’chma ma’noli turg’un birik- malarni o’rganadi. Shu jihatdan ular o’zaro farqlanadi. O’rganish ob’ektining birligi, ya’ni bir necha so’zdan tashkil topgan turg’un, barqaror birikmalar- ni tekshirish P. b-n frazeologiyaning o’xshash, umumiy tomoni hisoblanadi. Paremalarni to’plash, o’rganish Mahmud Koshg’ariy («Devonu lug’otit turk») va Gulxaniy («Zarbulmasal») zamonlaridan to hoz. kunlargacha davom etib kelmoqda. Ad:. Berdiyorov H., Rasulov R., Uzbek tilining paremiologik lug’ati, T., 1984. Abduvahob Madvaliev.