PARDA QANOTLILAR

PARDA QANOTLILAR (Hymenoptera) — hasharotlar turkumi. Eng xilma-xil hasharotlar turkumlari- dan biri (har xil ma’lumotlarga bino- an 150 mingdan 300 ming gacha turi bor). Keng tarqalgan. Uz. 0,2 mm dan (trixo- grammalar eng mayda xasharot) 4-6 sm gacha (shoxdumlilar, tropik arilar, ay- Rim yay-doqchilar). Odatda, 2 juft shaf- FOF pardasimon qanotlari bor. Orqa qanotlari nisbatan kichik, oldingisiga ilmoqchalar orqali birikadi. Chumo- lilar ikkilamchi qanotsiz P.dir. Tu- ban P.ning og’iz organlari kemiruvchi, yuksak P.niki — kemiruvchiyalovchi yoki so’ruvchi (pastki labi xartumchaga ay- langan). Urg’ochi P.ning tuxum qo’ygichi bor; zaharli tuxum qo’ygichi zahar soluv- chi nashtarga aylangan. To’liq o’zgarish orqali rivojlanadi. Erkak P. Gaploid tuxumlardan, urg’ochilari urug’langan diploid yoki urug’lanmagan tuxumlardan rivojlanadi (k,. Partenogenez). P. Nerv sistemasi boshqa hasharotlarga nisba- tan kuchli rivojlangan; shartsiz reflek- slari xilma-xil va murakkab (ay-niqsa, jamoa bo’lib yashovchi P.da) bo’lib, naeli to’g’risida g’amg’o’rlik qiladi. Ko’pchilik P. gulli o’simliklarni changlatishda ish- tirok etadi. Ayrim turlari (arrakash- lar, shoxdumlilar va b.) o’simliklarga ziyon keltiradi. Bir qancha parazit tur- lari (yaydoqchilar)dan zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurashda foydalaniladi.