Parfiya, Parfiya podsholigi

Parfiya, Parfiya podsholigi — mil. AV. taxm. 250 y.da Kaspiy den- gi-zining Jan. va Jan.-Sharqiy tomo- nida vujudga kelgan kad. davlat. Mil. AV. 1-a. o’rtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha bo’lgan hududni o’ziga bo’ysun-dirgan. P. mil. 3-a.ning 20-y. larigacha mavjud bo’lgan. Mil. AV. taxm. 250 y. saklarning ko’chmanchi parnlar (daxlar) qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida sa- lavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyo-na yoki P. satrapiyasiga bostirib kirganlar va P.ni, so’ngra qo’shni Girka- niya viloyatini ishg’ol etganlar. Salavk II o’z hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlar (mil. AV. 230— 227)dan so’ng P. da arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur bo’lgan. 209 y. P.ni sa- lavkiylar podshohi An-tiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foy-dalanib P. Tezda o’z mustaqilligini tiklagan. Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar) b-n aralashib ularning madaniyati, tili va mahalliy diniy e’tiqodlarini qabul qilishgan. Mil. AV. taxm. 170-138/137 y.larda P. podshohi Mitridat I Salav- Kiylarning Sharqiy satrapiyalari va Yunon-Baqtriya podsholigining bir qismini (mil. AV. taxm. 136 y,) bosib ol- gan. Mil. AV. 1-a. boshida P.ning qudra- ti yanada ortib, Rim imperiyasining xav- fli raqibiga aylangan. Mil. AV. 53 y. P. Rim b-n to’qnashib, Karri jangisa. Krase qo’mondonligi ostidagi Rim qo’shi-nini butkul tormor etgan. Mil. AV. 40-y.da P. Kichik Osiyoning deyarli butun hududini, Suriya va Falastinni zabt etgan. Bu Rim- ning Sharkdagi hukmronligiga taxdid solmoqda edi. Mil. AV. 39— 37 y.larda rimliklar bu viloyatlar US-tidan o’z hukmronliklarini tiklashgan. Tez orada P. ichki nizolar va ko’chmanchi alanlar- ning hujumlari natijasida ta-nazzulga uchray boshlagan. Bundan foy-dalangan rimliklar P.ning g’arbiy viloyatlarini qattiq talon-toroj qilgan. Parfiyali- klar vaqtvaqti b-n rimliklar ustidan g’alaba qozonib turgan bo’lsalarda, dav- latni siyosiy tushkunlikdan qutqarib qololmaganlar. Marg’iyona, sa-kaston, Girkaniya, Elimaida, Fors, xa-rakena, Xatra sh. amalda mustakil edilar. Tash- ki va ichki nizolar mamlakatni holdan toydirgan. 224 y. vassal Fors (Persida) viloyati hokimi Ardashir (q. Ardashir I) hal qiluvchi jangda arta-bon V ni Ormizdagon tekisligida mag’-lub etib P. davlatini tugatgan; P. asoschisi Ar- dashir I bo’lgan. Sosoniylar davlatit qo’shib yuborilgan. Me’morlik, amaliy va bezak san’ati dastlab Sharqiy ellin madaniyatining shoxobchalaridan biri sifatida rivoj- langan. Keyinchalik P. tarkibiga kirgan mahalliy xalklarning badiiy an’ana- lari b-n boyib taraqqiy etgan. P.ning Sharqiy qismida asosi kvadrat shakli- dagi ibodatxonalar (Niso, mil. AV. 2 – va mil. 1-a.lar), ayvonli saroylar (Ko’hi Xo’ja, Eron, 1-a.) qurilgan, binolar g’arbdan keltirilgan marmar haykallar va mahalliy ustalar yasalgan terrakota haykallar b-n bezatilgan. Kryalarda ish- langan releflarda a’yonlarning podsho- ga ta’zimi, qurbonlik marosimlari va b. aks ettirilgan. Nisodan topilgan ku- mush, fil suyagi, sopol buyum, idish, tur- li bezaklardagi tasvirlarning syujeti yunon afsonalari asosida, lekin kishi- larning qiyofalari mahalliy xalklarni eslatadi. P.ning garbiy qismida ibodatxona- larning turli-tuman tiplari mavjud bo’lib, yunon-Rim me’morligining kuch- li ta’siri ko’zga tashlanadi, shu b-n bir qatorda ayvonli binolar qurilgan. De- voriy rasmlar, Xudo va podsholarning haykallari bino bezagining bir qismiga aylantirilgan. Suyakdan ishlangan ayol haykalchalari saqlangan. Ad.: Bokshanin A. G., Parfiya i Rim (ch. 1-2), M., 1960-66; Koshelenko G.A., Kul- tura Parfii, M., 1966.