Pargari
Pargari (fors, pargar — tsir- kul) —pargar yordamida naqsh yaratish usuli hamda shu usulda yaratilgan naqsh. Naqqosh usta pargar, chizg’ich yordamida ka- Lam b-n naqsh mujassamotini chizib yara- tadi. P. usuli murakkab, ustadan qunt, ko’p mehnat, handasiy shakllar hosil qilishda bilimdonlik, mahorat talab qiladi. Bezatilayotgan sirtning xom ashyosiga qarab chizib, bo’yab, o’yib tasvir hosil qilib, zaminini o’yib bo’rtma tas- vir (relef) qosil qilib ishlanadi. Ish jarayonida usta tayyor ulgi (Andoza)dan foydalanishi yoki be-zatiladigan yuzaga o’zi chizma chizib, keyin uni ishlashi mum- kin, ishlaganda turli (iskana, Nov Iska- na, gurzi, o’yma qalamlar, tishli iskana kabi) asboblardan foydalanadi. P. O’rta Osiyo qududi (jumladan, o’zbek va tojik xa-lk/1ari)da keng tarqalgan. Panja- ra, ganch o’ymakorligida, sopol va chinni idishlarni bo’yashda ko’p qo’llaniladigan aylana naqshlar ham P. deb ataladi. Me’moriy qismlarda P. naqshlar Yi- rik bo’lib, odatda, loklanmaydi; ro’zg’or buyumlari, uy jihozlarida kichik bo’lib, pardozlanadi xamda lokla-nadi. Usta- lardan T.Ayyubxo’jaev, K..H-Aydarov, S.Xo’jaev, O.Fayzullaev va b. yog’och o’ymakorligida, usta Shirin, M.Usmonov va b. ganch o’ymakorligida P. Naqshlarning jozibali namunalarini yaratgan.