PARIJ KLUBI

PARIJ KLUBI – dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari guruhi. Agar biror-bir qarzdor mamlakat o’z to’lov balansini balanslashtirishda qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o’z iqtisodiyotini sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishga kirishsa, Parij klubi qarzdor mamlakatning moliyaviy muammolarini hal etishda o’z hissasini qo’shadi. Buning uchun hamkorlikda o’sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab chiqiladi. Unga ko’ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari uzaytiriladi. Masalan, Rossiyaning Parij klubi davlatlariga qarzining hajmi 40 mlrd AQSH dollariga teng bo’lgan bir paytda, 1996 yil aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij klubi kreditorlarigabo’lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish to’g’risida bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib tugashi kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan, iqtisodiyotda real o’sish sodir bo’lgandan so’ng Rossiyaga Parij klubi kreditorlarining tashqi qarzlarini qaytarishga kirishishga imkon beradi.