Paritet

Paritet (lotincha paritas — tenglik) — 1) tenglik, teng huquqiik, teng vakillik asoslarida biron-bir iqtisodiy harakatda ishtirok etish; 2) turli mamlakatlar pul birliklari o’rtasida ularning oltin ta’minoti yoki muayyan tovarlar va xizmatlar to’plami bo’yicha xarid kuchi (krbiliyati) nisbatlari. Xarid kuchi bo’yicha nisbatlarda Paritet valyutaning tovar kursini yoki xarid qobiliyoti Paritetni ifodalaydi. Masalan, O’zbekistonda 1 kilogramm shakar 500 so’m, AQShda 0,5 dollar tursa, dollar va so’m Pariteti shu tovar bo’yicha 1000:1 ni tashkil etadi.