Parodiya

Parodiya (Yun. parodia — zid qo’shiq) — adabiyot, teatr, musiqa va estrada janri, kulgi san’ati, hajv va hazil turlaridan biri. O’ziga xos harakat tar-zi, shuningdek, biror uslub, yo’nalish, janr yoki muayyan qolipdagi nutq va b.ga hajviy, kinoyaviy va yumor b-n yondashish maqsadini ko’zlab qilingan ongli takdid. Biror san’atkor ijodi yoki ayrim asarning uslubiga taklid qilish yo’li b-n yaratilgan kulgili asar. Ijtimoiy-siyosiy, maishiy hayotdagi ayrim voqealar ham P.ga mavzu bo’lishi mumkin. P. komediya san’atining, sati- raning o’ziga xos yo’nalishi hamdir. P. ko’pincha bo’rttirilgan bo’la-Di, unda aks ettirilayotgan voqeaning shakli b-n maz- muni bir-biriga zid qilib ko’rsatiladi. P. Yunoniston dramaturgiyasi va tea- trida paydo bo’lgan. Aristofan «Bu- lutlar» komediyasida Sokrat ustidan kulgan bo’lsa, «qurbaqalar»da Evripid tragediyalarini P. qilgan. Angliyada 17-18-a.larda P. shaklidagi bir qator sahna asarlari yaratilgan. Frantsiyada «Komedi Italenn» va yarmarka teatrla- rida ko’plab P. tomoshalari yuzagakel- gan. 19-a.ningo’rtalarida F. Erve b-n J. Offenbaxning P.li operettalari shux- rat qozongan. 20-a.da P. janri «qiyshiq oyna», «ko’rsha-palak» nomli maxsus te- atrlar tomo-nidan rivojlantirilgan. P. tsirkda, qo’g’irchoq teatrida va estrada- da keng o’rin egallab keladi. O’zbek an’anaviy teatrining reper- tuarida muqallid deb ataluvchi P.lar katta o’rin egallab kelgan. Bunda mas- xaraboz va qiziqchilarning aksariyati mahorat ko’rsatgan. 20-a.ning birinchi yarmida Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Aka Buxor, Berdiyor masxara, safar mas- xara va b.ning P.lari mashhur bo’lgan. Hoji tam-tam (Hojiqur-bon Hamidov) sozanda va xonandalarni P. Qilishda mahorat ko’rsatgan. Ke-yingi yillar A. Bakirov, N. Rahimov, H. Umarov, T. Azi- zov va b.ni P. qilish kuchaydi. Ba’zan spektakl va kino-filmdan butun-bu- tun sahnalar P. qilinadi. P. «Tabassum» radiojurnalida, televideniening kulgi dasturlari, jumladan, televizion mini- atyu-ralar teatrida keng qo’llanib kela- Di. O’zbek tsirki va dorbozlik san’atida Karim Zarifov, Niyoz Nurmatov, Akrom Yusupov, Muhammad chaqqon kabi o’nlab qiziqchi va masxarabozlar o’z tomoshala- rida P.ga katta o’rin ajratib kelishgan. Ad.: Qodirov M., Masxaroboz va qiziqchilar san’ati, T., 1971; Uzbek tea- tri an’a-nalari, T., 1976. Muhsin Qodirov.