PASSIV
PASSIV – (lot. faolsiz) xolis turmoq, tushuntirish kabi so’zlarning ildizidan olingan. Tarixan bu atama dastlab faqat qarzga olingan mablag‘larga nisbatan, ya’ni uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarga nisbatan qo’llanar edi. Bu bilan mulk egasi qarzga olingan mablag‘larga bo’Igan munosabatda o‘zboshimchalikdan o’zini tutishi kerakligi ta’kidlangan edi. Keyinchalik “passiv” atamasi manbalarning boshqa moddalariga ham tarqatilgan bo’lib, faqat korxona majburiyatlarini tavsiflabgina emas, mablag’lar turlarini qanday maqsadlarga mo’ljallanganligini ham tavsiflash uchun ishlatiladigan bo’ldi. l) balansning (o’ng) qismi bo’lib, unda korxona mablag’larining manbalari va ularning qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi ko’rsatiladi. 2) korxona barcha qarz va majburiyatlari majmuasi. Balansning passiv qismida majburiyatlar va xususiy kapital aks ettiriladi.