Pasternak Boris Leonidovich

Pasternak Boris Leonidovich [1890.29.1(10.2), Moskva – 1960.30.5, Moskva viloyati Peredelkino qishlog’i] — rus shoiri. San’atkor oilasida tug’ilgan. Bolalik va yoshlik yillarida tasviriy san’at va musiqa kompozisiyasi b-n qiziqqan. 1909 y. musiqachilik kas- bidan voz kechib, Moskva un-tining ta- rix-falsafa f-tiga o’qishga kirgan. 1912 y. Germa-niyaga borib, Mar-burg un-tida bir semestr o’qigan. Ammo ko’p o’tmay, faylasuflik istiqbolidan ham voz ke- chib, she’riyat b-n shug’ullana boshlagan. «Bulutlar orasidagi egizak» (1914) nomli birinchi she’riy to’plami nashr etilgan. 1917 y. to’ntarishi arafasida u futuristlar b-n aloqa o’rnatib, ular ta’siriga beriladi. Biroq boshqa Fu- turistlardan farqdi o’laroq, P. o’tmish va «eski» madaniyatdan yuz o’girmay, 19-a. rus (M.Yu. Lermontov, F.I.Tyutchev) va nemis (R.M.Rilke) falsafiy li-rikasi an’analarini davom ettiradi. «Hayot me- ning hamshiram» (1917) she’rida P. she’- riyatining muhim xususiyatlaridan biri — tabiat olami, hayot b-n uzviylik ilk bor ko’zga tashlanadi. 20-y.lardan bosh- lab P. she’riyatida li-Rikadan epos sari intilish tamoyili seziladi va u «to’qqiz yuz beshinchi yil», «leytenant Shmidt» dostonlarida lirik tafakkurdan epik tafakkurga o’ta boshlaydi. P. urush va inqiloblar davridagi inson taqdiriga ba-g’ishlangan «samoviy yo’llar» (1924— 33) nasriy kitobi hamda «Sikorskiy» she’riy romanida voqeiy syujetga qarshi o’laroq tabiat olami va muhabbat b-n bog’liq syujetni o’rtaga tashlaydi. P. Bu asarlarida inqilob oldida turgan yuksak maqsadni tan olgani holda maqsadga eri- shishning inqilobiy zulm va zo’ravonlik yo’lini keskin inkor etadi. 30-y.lar- ning o’rtalarida — 40-y.larda yaratgan asarlarida («san’atkor», 1936; «barvaqt yurgan poezdlar», 1931) P. obrazlar tizi-mini soddalashtirib, rus klassiklariga xos «Ravshan uslub»ga o’ta boshlagan. P. qariyb butun ijodi davomida na- sriy asarlar yaratishga ham katta e’ti- bor bergan. U urushdan keyingi yillarda «Doktor Jivago» (1957, Milan) romani- ni yozib, unda shaxsiy hayot b-n ijtimoiy borliq o’rtasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratgan. U ushbu romanda so- vet davri yozuvchilari orasida birinchi bo’lib inqilob g’oyasini rad etgan va ja- miyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubha bildirgan. Mazkur asar P.ning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab bo’lgan. P. 50-60-y.larda «yayragan chog’ingda» (1956-59) she’rlar turkumi, «odamlar va holatlar» (1957), «ko’r sohib-Jamol» (1969 y. nashr etilgan) drama-tik do- stonlarini yozgan. Shekspir, Gyote, Shel- li, Verlen, Petyofi va b. Shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Nobel mukofoti la-ureati (1958). As: Stixotvoreniya i poemi, M.—L., 1965; Vozdushnie puti. Proza raznix let, M., 1982. Naim Karimov.