Pastlik, pastlik yer
Pastlik, pastlik yer – atrofdagi joylarga qaraganda past, botiq yerlar. Pastlar suffozion cho`kish, oqar suvlar eroziyasi oqibatida hosil bo`ladi. Cho`llarda shamol hosil qilgan soyliklar o`rnida ham vujudga keladi. Pastliklarda yer osti suvlari yuza joylashganidan ko`pincha botqoq, sho`rxok bo`ladi.